
Rasman! Oston O‘runovning "Persepolis"dagi raqami ma’lum bo‘ldi (video)
"Persepolis"ga ko‘chib o‘tgan Oston O‘runovning klubdagi raqami ma’lum. Bu haqda klub matbuot xizmati maxsus video chiqardi.
Videodan ma’lum bo‘lishicha, Oston yangi jamoasida 70-raqam ostida to‘p tepadi. Uning Eron chempionati navbatdagi turida debyut qilishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, keyingi to‘qnashuv "Zobaxan"ga qarshi o‘tkaziladi va ushbu bahs 28 fevral kuni 18:45 da start olishi ko‘zda tutilgan.
Fikrlar