
Rasman! "Nyukasl" to‘purar hujumchisi bilan shartnomani uzaytirdi
"Nyukasl" hujumchi Kallum Uilson bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy saytida e’lon qilindi.
Manbaga ko‘ra, 31 yoshli forvardning "qarg‘alar" bilan imzolagan yangi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Uilson o‘tgan mavsum Premer-liganing 31 o‘yinida maydonga tushib, raqib darvozasiga 18 ta gol urishga erishgan.
Fikrlar