
Rasman! "Neftchi" yangi legoinerni o‘z safiga qo‘shib oldi (foto)
Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Tojikiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Manuchexr Safarov bugun "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda jamoaning yarim himoya chizig‘ida harakat qiladigan bo‘ldi. Farg‘onaliklar futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, Manuchexr Safarov o‘tgan mavsumni Toshkentning “Lokomotiv” klubida o‘tkazdi. Yarim himoyachi Pro liga musobaqasida jami 13 uchrashuvda 1074 daqiqa harakat qilib, 1ta gol urishning uddasidan chiqdi.
Futbolchi faoliyati davomida Tojikistonning "Xo‘jand", "Lokomotiv" va "Istiqlol" klublarida to‘p surgan, shuningdek 2022 yilda Eronning "Persepolis" klubida ham faoliyat olib borgan. Manuchexr Safarov Tojikistonning turli yoshdagi terma jamoalarida va 2019 yildan buyon milliy terma a’zosi hisoblanadi.
Fikrlar