
Rasman! "Navbahor" etakchisi klubda qoladigan bo‘ldi
Namanganning "Navbahor" klubi darvozaboni O‘tkir Yusupov jamoada qoladigan bo‘ldi.
"Lochinlar" matbuot xizmati mahoratli darvozabon bilan shartnoma uzaytirilganini ma’lum qildi. 31 yoshli posbon "lochinlar" tarkibiga 2019 yilda kelib qo‘shilgan.
Yusupov namanganliklar libosida joriy mavsum O‘zbekiston Superligasida 26 o‘yinda maydonga tushdi va 13 bor darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
"Navbahor" matbuot xizmati
Fikrlar