
Rasman: "Napoli" stadioni Maradona nomini oldi
"Napoli"ning "San Paolo" stadioni nomi 25 noyabr kuni vafot etgan Maradona sharafiga o‘zgartirildi.
Bugundan boshlab, arenaning nomi Diego Armando Maradona! O‘yingoh nomini o‘zgartirish bo‘yicha taklif shahar hokimi Luiji De Majistris va joy nomlari bo‘yicha maslahatchi Alessandra Klemente tomonidan ilgari surilgan. Qaror shahar kengashining barcha a’zolari tomonidan imzolangan.
Neapol shahri ma’muriyatining rasmiy aktida Maradona "barcha zamonlarning eng buyuk futbolchisi" sifatida qayd etilgan.
Maradona "Napoli" tarkibida 1984-1991 yillarda o‘ynagan. U Italiya klubi tarkibida 2 karra mamlakat chempioni bo‘lib (1986/87, 1989/90), Italiya kubogi va superkubogini yutgan va UEFA kubogi sohibi bo‘lgan (1988/89).
Fikrlar