Rasman! "Lokomotiv" rahbariyati Andrey Fyodorov boshchiligidagi murabbiylar shtabini iste’foga chiqardi

  • 22 iyun, 2019, 18:40
  • Bekzod Isayev
  • 5
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Mavsum oldidan “Lokomotiv” professional futbol klubi har doimgidek o‘zi qatnashadigan barcha musobaqalarda munosib ishtirok etishni maqsad qilgan edi. Lekin ayni paytga kelib jamoa Superligada 12-turdan so‘ng 21 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Kuni kecha jamoa Samarqandda “Dinamo” jamoasiga mag‘lub bo‘ldi va turnir jadvalidagi holatini biroz yomonlashtirib qo‘ydi. Shuningdek, Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtirok guruh bosqichidayoq yakunlandi. Holbuki “Lokomotiv” PFK rahbariyati jamoa oldiga birinchi galdagi vazifa etib OChLda guruhdan chiqishni qo‘ygan edi.

Ham ichki, ham xalqaro maydondagi natijalar qoniqarsiz ko‘rinish olgani sababli shu paytga qadar “Lokomotiv” jamoasi bosh murabbiyi vazifasida ishlab kelgan Andrey Fyodorov va u bilan faoliyat olib borgan murabbiylar shtabi Mirko Elichich, Pyotr Gizimchuk, Vazgen Manasyan bugun iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
22/06/2019 18:44
ЛОКА МУХЛИСЛАРИГА СОВГА БУБТИДА УЗИ 78 КИШИ ЭДИ ЭНДИ КОМАПТИДА МУХЛИСЛАРИ ЛОКАНИ
Кобил Махмудов
22/06/2019 22:03
Бир армянь дунйога келса, 10 та йеврэй йиглар эмиш...яна Давом этар эканда келишилган уйинлару
Пахтакорни сохта чемпионлиги...
Устоз ХОЖИБОЙ айтганидек
кандай БЕДОДЛИК
&
Xoliqov23@mail.ru
22/06/2019 19:24
Уни кетшани узбек футболи учун фойдали. У факат ердамчи бусин яхши эплиди.
&
Xoliqov23@mail.ru
22/06/2019 19:22
Бу нарса давно булиш керегиди, Федеров умуман мураббиймас. Тункадан фарки йук. Яхши футбол уйнаган биламиз. Лекин яхши футболчи яхши мурабий булолмаслигини мусоли шу. Бунга Месси ва Роналдуси бор команда берсаям эплолмеди.... кетганидан шахсан ман хурсандман.