
Rasman! "Lokomotiv" futbolchisi faoliyatini BAAda davom ettiradi (foto)
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, Temurxo‘ja Abduxoliqov BAAning “Xorfakkan” jamoasiga o‘tdi. Ma’lumot uchun, Abduxoliqov, "temiryo‘lchilar" tarkibida barcha turnirlarda umumiy 120 uchrashuvda maydonga tushdi va 64 gol kiritdi.
Qayd etish joiz, BAA Pro-ligasi debyutanti hisoblangan jamoa ushbu mavsum chempionatning 2 o‘yinida 1 ochko to‘plagan.
Temurxo‘ʻja Abduxoliqovning statistikasi
2011-2013 “Paxtakor” 64 o‘yin, 22 gol
2014/2015 “Xayduk” (Xorvatiya) 10 o‘yin, 1 gol
2015-2016 “Lokomotiv” 50 o‘yin, 30 gol
2017/2018 “Al Sayliya” (Qatar) 33 o‘yin, 17 gol
2018-2019 “Lokomotiv” 37 o‘yin, 17 gol
Fikrlar