
Rasman! "Lokomotiv" 1 yildan ko‘proq vaqt davomida rasmiy o‘yinda qatnashmagan futbolchi bilan shartnoma imzoladi
O‘z oldiga Superligaga qaytish vazifasini qo‘ygan "Lokomotiv" davralar oralig‘ida o‘z tarkibini kuchaytirishga harakat qilmoqda.
Toshkentliklar matbuot xizmati tajribali yarim himoyachi Murodjon Toshmatov bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi. O‘tgan 4 yarim mavsumni OKMK tarkibida o‘tkazgan 32 yoshli Toshmatov endilikda "temiryo‘lchilar" uchun ter to‘kadi. E’tiborlisi, u joriy mavsum hali birorta bellashuvda maydonga tushgani yo‘q. U so‘nggi bor 2022 yilning iyun oyida rasmiy o‘yinda qatnashgandi.
Qayd etish kerak, Murodjonning "Lokomotiv" tarkibidagi ilk rasmiy uchrashuvi sobiq jamoasiga qarshi bo‘lishi mumkin. Boisi, OKMK hamda "Loko" O‘zbekiston kubogi 1/8 finalida o‘zaro to‘qnash keladi.
Fikrlar