
Rasman! "Liverpul" Frantsiya terma jamoasi a’zosi bilan shartnoma imzoladi
"RB Leyptsig" klubi markaziy himoyachisi Ibraim Konate faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettiradigan bo‘ldi.
22 yoshli frantsiyalik futbolchi "Liverpul" bilan shartnoma imzoladi. APL grandi ushbu transfer uchun nemis klubiga 40 million evro to‘ladi.
Konate "RB Leyptsig" safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 95 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
"Liverpul" bu mavsum premer-ligani 3-o‘rinda yakunladi. “RB Leyptsig”ga joriy mavsum Bundesligada 2-o‘rin nasib etdi.
Fikrlar