Rasman! Limani Tailand klubi o‘z tarkibiga qo‘shib oldi

  • 13 yanvar, 2024, 18:46
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq xabar berganimizdek, Mateus Lima faoliyatini Tayland chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi. 

Tecno

Yaqindagina "Nasaf" bilan shartnomasini bekor qilib, erkin agentga aylangan hujumchini "Ratchaburi" klubi o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Bu haqida jamoa rasmiy sahifasi orqali ma’lum qilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, klub turnir jadvalida 15-turdan keyin 4 dona g‘alaba bilan 12-o‘rinda turibdi. 

Lima esa o‘tgan mavsumda qarshiliklar safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta golda ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi. U 2022 yilda "Nasaf"ga o‘tgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!