Rasman! Klaudio Raneri "Roma" bosh murabbiyiga aylandi

  • 8 mart, 2019, 21:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klaudio Raneri “Roma” jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda rimliklar rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Eusebio Di Francheskoning o‘rnini egallagan 67 yoshli italiyalik mutaxassis “Roma” bilan mavsum yakunigacha shartnoma imzoladi.

“Uyimga qaytganimdan xursandman. “Roma”dan qo‘ng‘iroq qilishsa, uni rad etishingiz juda qiyin”, - deydi Raneri.

Eslatib o‘tamiz, Raneri uchun “Roma” begona emas. Boisi, u 2009-2011 yillarda “bo‘rilar”ga ustozlik qilgan. U shuningdek "Napoli", "Fiorentina", "Valensiya", "Atletiko", "Chelsi", "Parma", "Yuventus", "Inter", "Monako", "Lester", "Nant" va "Fulxem" kabi klublarda faoliyat olib borgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!