
Rasman: Kazemiro "Manchester Yunayted"da qaysi raqam ostida o‘ynashi ma’lum (foto)
"Real"dan "Manchester Yunayted"ga braziliyalik futbolchi Kazemiro "qizil iblislar" safida qaysi raqam ostida to‘p tepishi ma’lum. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, yarim himoyachi mankunianliklar safida "18" raqam ostida harakat qiladi. Oldin ushbu raqam Bruno Fernandeshga tegishli bo‘lib, yangi mavsumdan e’tiboran portugaliyalik futbolchi "8" raqamni olgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Kazemiro "Real"dan Manchester Yunayted"ga 60+10 million evro evaziga ko‘chib o‘tdi. U inglizlar bilan4 yillik shartnoma imzolagan.
Fikrlar