Rasman! Kataloniya klubi bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

  • 3 aprel, 2023, 21:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Diego Martines "Espanol" bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati jamoaning so‘nggi paytlardagi qoniqarsiz natijalari munosabati bilan shu qarorga kelgan.

Gap shundaki, "Espanl" keyingi mavsumda ham La Ligada qolishni istamoqda. Yaqin orada jamoani botqoqlikdan olib chiqadigan yangi murabbiy tayinlanishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, "Espanl" ayni damda 27 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda. Kataloniyaliklar La Ligada ketma-ket 4 ta o‘yindan buyon mag‘lubiyatga uchrashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!