
Rasman! Jyul Kunde "Barselona" futbolchisi
"Barselona" uzoq kutilgan transferni e’lon qildi.
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, frantsiyalik himoyachi Jyul Kunde faoliyatini kataloniyaliklar tarkibida davom ettiradi. "Ko‘k-anorranglilar" rahbariyati "Sevilya" bilan shartnomaga erishdi. U Kataloniya jamoasi bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzoladi. Transfer narxi 50 million evro (+5 million bonus).
Kunde andalusiyaliklar sharafini 2019 yildan beri himoya qilib kelayotgandi. Bu vaqt oralig‘ida u 133 o‘yinda maydonga tushib, 9 gol va 3 assist muallifiga aylangan.
Avvalroq, 23 yoshli himoyachiga "Chelsi"dan jiddiy qiziqish borligi xabar qilingandi.
Fikrlar