Rasman! Ikardi "Inter" mashg‘ulotlariga qo‘shildi

  • 24 mart, 2019, 10:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" klubi tibbiy departamenti rahbari Pero Volpi jamoaning argentinalik forvardi Mauro Ikardi mashg‘ulotlarga qo‘shilganini tasdiqladi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq 26 yoshli argentinalik futbolchi “neradzurrilar” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmasa, yozda boshqa jamoaga sotib yuborilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ikardiga “Napoli” va “Yuventus” klublaridan jiddiy qiziqishlar mavjud.

Ma’lumot uchun, Ikardi joriy mavsum “Inter” safida jami 28ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. U so‘nggi bor fevral oyi o‘rtalarida maydonga tushgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!