Rasman! Frenk Lempard APLga qaytdi

  • 31 yanvar, 2022, 18:51
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Everton" jamoasi yangi bosh murabbiy sifatida Frenk Lempardni ommaga tanishtirdi. Angliyalik mutaxassis klub bilan 2,5 yillik shartnomaga imzo chekkagi aytilmoqda. 

Tecno

Bu xaqda "Everton" klubi o‘zining Tvitter sahifasida xabar berdi. Shuningdek, Lempardga "Suonsi" va "Derbi Kaunti" jamoalarida ishlagan Pol Klement assistentlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Frenkning avvalgi ish joyi Londonning "Chelsi" klubi bo‘lgan edi. Sobiq futbolchi u erdan 2021 yil yanvar oyida iste’foga chiqqan. 

Ma’lumot o‘rnida, "Everton" ayni payt APL turnir jadvalida 19 ochko bilan 16-pog‘onani band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!