
Rasman! Frantsiya chempionatining nomi o‘zgardi
Frantsiya professional futbol ligasi (LFP) oziq-ovqat etkazib berish xizmati bilan shug‘ullanuvchi Uber Eats kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra LFP ushbu hamkorlik davridagi 2 yil ichida Uber Eats kompaniyasidan 16 mln evro mablag‘ oladi. Shu tariqa Ligue 1 yaqin 2 yil ichida Ligue 1 Uber Eats deb nomlanadi.
Eslatib o‘tamiz, LFP bundan avvalroq uy jihozlari bilan savdo qiluvchi do‘konlar tarmog‘i – Conforama bilan titul hamkorlik qilgandi.
Fikrlar