
Rasman! Firmino "Al-Ahli" futbolchisi
"Liverpul" sobiq futbolchisi Roberto Firmino faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettiradi.
"Al-Ahli" klubi 31 yoshli hujumchi transferini rasman e’lon qildi. U yangi jamoasi bilan 2026 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Ma’lumot uchun, braziliyalik "Al-Ahli" tarkibiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. U o‘tgan mavsum APL doirasida 25 ta bellashuvda maydonga tushib, 11 ta gol hamda 4 ta assist muallifiga aylandi.
Fikrlar