
Rasman! Filipe Luis Braziliya klubi bilan shartnoma imzoladi
“Atletiko” bilan shartnomasi yakunlangach erkin agentga aylangan himoyachi Filipe Luis faoliyatini o‘z vatanida davom ettiradigan bo‘ldi.
Aniqrog‘i, 33 yoshli braziliyalik futbolchi avval aytilganidek “Flamengo” klubi bilan shartnoma imzoladi. Tomonlar o‘zaro 2 yillik kelishuvga imzo chekishdi.
Ma’lumot uchun, Filipe “Atletiko” safida 2010-2019 yillarda to‘p surdi. Orada bir mavsum (2015) “Chelsi”da o‘ynab qaytdi.
Fikrlar