
Rasman! Evropa Chempionlar Ligasi boshqa telekanalda translyatsiya qilinadi (video)
MTRK tarkibidagi "Sport TV" telekanali 2021/22 yilgi mavsumdan boshlab bir qator Evrokuboklar namoyish etilishini ma’lum qildi.
"O‘zMTRK futbol bo‘yicha Evropa Chempionlar Ligasi, Evropa Ligasi, Konferentsiyalar kubogi, O‘smirlar o‘rtasida Evropa Chempionlar Ligasi hamda Evropa Superkubogi turnirlarini 2021/2022 yilgi mavsumdan boshlab O‘zbekiston hududida namoyish etish huquqini sotib oldi. Endi barcha uchun qiziqarli musobaqalarni aynan "Sport TV"da tomosha qilishingiz mumkin",-deyiladi xabarda.
Shuningdek, telekanal direktori Zohid Karimov ham buni ma’lum qildi.
Fikrlar