
Rasman! Eto'O faoliyatini yakunladi
Kamerunlik mashhur hujumchi Samuel Eto'O butsalarini mixga ilishga qaror qildi.
38 yoshli futbolchi bu haqda o‘zining instagramdagi sahifasida e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, Eto’O faoliyati davomida "Real", "Leganes", "Malorka", "Barselona", "Inter", "Anji", "Chelsi", "Everton", "Sampdoriya", "Antalyaspor", "Konyaspor" va "Katar SK" klublarida to‘p surgan. Kamerun terma jamoasida esa 118ta o‘yinda maydonga tushib, 56ta gol urgan.
Eto’O faoliyati davomida jami 18ta sovrin qo‘lga kiritgan.
Fikrlar