
Rasman! Edu Gaspar "Arsenal"ni tark etdi
Rasman "Arsenal" sport direktori Edu Gaspar jamoani tark etdi. Bu haqida klub o‘z sahifasi orqali ma’lum qilmoqda.
"Bu juda qiyin qaror. Menga bu jamoada ishlash yoqdi, ayniqsa Mikel Arteta bilan, u ajoyib do‘stga aylandi. "Arsenal" endi yuragimda qoladi. Klub va uning muxlislariga faqat eng yaxshi narsalarni tilayman", - dedi Edu.
Gaspar London jamoasidagi faoliyatini texnik direktori lavozimida 2019 yilda boshlagandi. Ayni paytda unga "Nottingem Forest" va "Olimpiakos" klublari qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar