
Rasman! “Chelsi” zo‘r vunderkindni qo‘lga kiritdi
“Chelsi” klubi rasmiy saytida yangi transfer amalga oshiriligani haqida xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra, “aristokratlar” 17 yoshli braziliyalik futbolchi Estevao Villian qo‘lga kiritdi. “Palmeras” futbolchisi Londonga 2025 yilning yozida ko‘chib keladi.
Taniqli jurnalist Fabritsio Romano “Chelsi” yorqin iste’odod sohibi uchun 40 million evro to‘lashi va unga qo‘shimcha tarzda yana 25 million evro bonus ajratishi haqida ma’lumot bergan edi.
Estevao Villian aslida “Kruzeyro” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Palmeras” uni 2021 yili o‘z safiga qo‘shib olgandi.
Estevao joriy mavsumda 27 ta uchrashuvda qatnashib, sakkizta gol va beshta assist qayd etgan.
Fikrlar