
Rasman! "Chelsi" "Lester" futbolchisini sotib oldi va yozgi transferlardagi 3-xaridini amalga oshirdi
"Chelsi" o‘zining rasmiy sayti orqali "Lester" himoyachisi Ben Chiluellning transferini e’lon qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 23 yoshli Angliya terma jamoasi a’zosi “aristokratlar”ga 55 million evroga tushgan. Ben esa yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.
Chiluell "Chelsi"ning joriy yozgi transferlardagi uchinchi xaridi bo‘ldi. Londonliklar bundan oldin yarim himoyachi Xakim Ziesh (40 million evro) va hujumchi Timo Vernerni (53) sotib olgan edi.
Chiluell “Lester” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida “tulkilar” safida 123 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar