
Rasman! Buffon futboldagi faoliyatini yakunladi (video)
Afsonaviy darvozabon Janluiji Buffon futboldagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. Italiyalik futbolchi 45 yoshida qo‘lqoplarini mixga ildi. Ijtimoiy tarmoqlarda Buffon faoliyatidagi unutilmas lahzalarni aks ettiruvchi ta’sirchan videoni joylashtirdi.
Buffonning faoliyatidagi so‘nggi klubi "Parma" bo‘lib, bir vaqtlar darvozabon o‘zining uzoq futbolchilik faoliyatini boshlagan. Bundan tashqari Janluiji "Yuventus"da 19 mavsumi va. PSJda ham bir mavsum o‘tkazgan.
Janluiji Buffon Italiya terma jamoasi safida 176 ta o‘yinda maydonga tushgan. 2006 yilda darvozabon jahon chempioni bo‘ldi.
Fikrlar