Rasman! Berdiev iste’foga chiqarildi (foto)

  • 6 iyun, 2022, 16:24
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘istonning "Qayrat" klubi bosh murabbiy Qurbon Berdievni iste’foga chiqardi.

Tecno

Olma-otaliklar bu haqda Instagramdagi sahifasi orqali ma’lum qildi:

"Qayrat" klubi Qurbon Berdiev bilan o‘zaro kelishuvga ko‘ra hamkorlikni to‘xtatish bo‘yicha kelishib olganini ma’lum qiladi. Mutaxassis yordamchilari Ivan Danilyants, Dmitriy Kirichenko, Andrey Matsyura hamda Eduard Kunduxov bilan birga jamoani tark etdi.

Biz Qurbon Bekievichga klubda amalga oshirgan ishlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va keyingi faoliyatiga omad tilaymiz",-deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, aynan Berdiev legionerimiz Jasur Jaloliddinovni qozog‘istonliklar safiga olib o‘tgandi.

photo_2022-06-06_16-15-47

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!