
Rasman! "Barselona"ning sobiq himoyachisi "Alaves"ga o‘tdi
"Sevilya" klubi himoyachisi Aleish Vidal yangi mavsumni "Alaves"da o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra basklar 29 yoshli ispaniyalik futbolchini 2020 yilning yozigacha ijaraga olishgan. Biroq, kelishuvga ko‘ra “Alaves”da uni sotib olish huquqi bormi yoki yo‘qligi hozircha ma’lum qilinmayapti.
Ma’lumot uchun, Vidal o‘tgan mavsum andalusiyaliklar safida jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta golga assistentlik qilishga erishdi. U faoliyati davomida "Reus", "Espanol", "Pantrakikos", "Poblu Mafumet", "Ximnastik", "Malorka", "Almeriya" va "Barselona" kabi jamoalarda to‘p surgan.
Fikrlar