
Rasman! "Barselona" yangi himoyachi sotib oldi
"Barselona" "Los-Anjeles Gelaksi"dan Xulian Arauxoni sotib oldi. Bu haqda "ko‘k-anorranglilar" o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.
Kataloniya klubi u uchun MLS vakiliga 4 million evro to‘lab beradi. Shartnoma esa 2026 yilga qadar mo‘ljallangan.
Xulian bu mavsum "Barselona"ning asosiy jamoasida o‘ynay olmaydi. Himoyachi hozircha "Barsa Atletik" sharafini himoya qiladi.
Fikrlar