Rasman! "Barselona" Valverdeni iste’foga chiqardi va o‘ziga yangi bosh murabbiy tayinladi

  • 14 yanvar, 2020, 07:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Betis" klubi sobiq ustozi Kike Seten "Barselona" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” amaldagi bosh murabbiy Ernesto Valverde bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qilishgan. 61 yoshli ispaniyalik mutaxassis esa “Barsa” bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagan. Uning rasmiy tanishtiruv marosimi esa bugun bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Valverde 2017 yildan buyon "Barselona"ni boshqarib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!