
Rasman! "Barselona" sodiq futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
"Barselona" matbuot xizmati klub rasmiy saytida himoyachi Serxi Roberto bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi.
Futbolchi va Kataloniya klubi o‘rtasidagi yangi kelishuv 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. Shartnomada tovon puli 400 million evro etib belgilangan.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli Roberto "Barselona" tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2010 yildan buyon asosiy jamoa tarkibida o‘ynab kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida kataloniyaliklar safida jami 339 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 40 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar