
Rasman! "Arsenal" ispaniyalik darvozabonni sotib oldi
Ispaniyalik darvozabon David Rayya rasman "Brentford"dan "Arsenal"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar berdi.
28 yoshli darvozabon o‘tgan mavsumni ijara asosida "Arsenal"da o‘tkazgan edi. Rayya o‘tgan davr mobaynida “kanonirlar” tarkibida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 31 ta gol o‘tkazib yubordi va 20 ta o‘yinda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
Nufuzli Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik posbonni sotib olish "Arsenal"ga 31,9 million evroga tushgan.
2023/24 yilgi Angliya chempionati yakuniga ko‘ra, Mikel Arteta jamoasi 38 turda 89 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinni egalladi. Chempion «Manchester Siti» bilan oradagi farq atigi ikki ochkoni tashkil qildi.
Fikrlar