
Rasman! "Arsenal" futbolchisi "Marsel"ga o‘tdi
"Arsenal" futbolchisi Sead Kolashinats London klubini tark etdi. Himoyachi "Marsel" klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.
Qayd etilishicha, Sead "to‘pchilar" bilan tuzilgan shartnomasini bekor qilib, erkin agent sifatida marselliklar safiga borib qo‘shilgan. Frantsuz jamoasida u 23-raqam ostida harakatlanadi.
Eslatib o‘tamiz, bosniyalik futbolchi oxirgi yillarda asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ygandi. Shu sabab u "kanonirlar" tarkibidan ketish niyatida edi.
"Transfermarkt" portalida Kolashinatsning bahosi 3 million evro etib belgilangan.
Fikrlar