Rasman! "Andijon" "Surxon" futbolchisini qo‘lga kiritdi
Tarkibini kuchaytirish bo‘yicha selektsiyani davom ettirayotgan jamoamiz yana bir futbolchi bilan kelishuvga erishdi. Endilikda iqtidorli himoyachi Sunnatilla Hamidjonov ikkinchi davrada “Andijon” sharafini himoya qiladi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, tomonlar o‘zaro kelishuvga erishdilar va Hamidjonov bilan mavsum oxiriga qadar “Surxon” klubidan ijaraga olindi.
Ma’lumot uchun, Hamidjonov 2001 yilning 8 yanvar sanasida tavallud topgan. U 2021 yilgi mavsumda “Andijon” tarkibida to‘p surgan. Shundan so‘ng “Olimpik” va “Surxon” jamoalarida faoliyatini davom ettirdi.
Bu yil birinchi davrada termizliklar safida 14 ta o‘yinda maydonga tushgan va 2 ta golli pasni uzatgan.



Fikrlar