Rasman: Aliqulov Koreya chempionatida to‘p suradi!

  • 17 yanvar, 2024, 16:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oxirgi ikki mavsumni Bekobodning “Metallurg” jamoasida o‘tkazgan 27 yoshli himoyachi Muhammadali Aliqulovning faoliyatida yangi sahifa ochildi.

Tecno

Boisi, u endi legioner sifatida Janubiy Koreya chempionatida to‘p suradi. K-2 ligasi ishtirokchisi – “Busan Ay Park” bilan shartnoma imzolandi. Bu xususida klub matbuot xizmari rasmiy xabar tarqatdi. Tez orada hamyurtimiz jamoasining Tailanddagi yig‘iniga qo‘shiladi.

Muhammadali Aliqulov2

Xabarda jamoa bosh murabbiyi Jin Sub Parkning ushbu transferdan mamnun ekanligiga alohida urg‘u qaratilgan. Avvaliga “Mash’al”, so‘ngra “Metallurg” sharafini himoya qilgan hamyurtimizga Janubiy Koreyadagi faoliyatida omad tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!