Rashidov jamoasi bilan Qatar Kubogida g‘alaba qozondi

  • 13 oktabr, 2019, 15:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuni kecha Qatarda Kubok bahslari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Sardor Rashidov to‘p surayotgan «Qatar SK» klubi o‘z maydonida «Al Sayliya» jamoasini qabul qilib, yirik – 4:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

Shu tariqa, «Qatar SK» Qatar Kubogining keyingi bosqichiga yo‘l oldi. Shuni alohida aytish joizki, «Qatar SK» safida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Sardor Rashidov mazkur bellashuvda ham to‘liq ishtirok etgan holda gollardan biriga assistentlik vazifasini bajardi.

Shu bilan birga, Rashidov uchrashuvning eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida e’tirof etilgani ham e’tiborga molik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
13/10/2019 16:57
Рашидоов Узини узи кӯт қиган иқтидор егаси
Dior Akhunoff
13/10/2019 15:16
Rashidovga bir vaqtlar adashmasam Umar Abdurahmon tel qilib jamodiga utishni taklif qilgan. Rashidov unamagan. Ushanda utishi kerak edi. Haqiyiy uyinchi bolarmidi. Endichi shunchaki yoshligida umidli bolgan ammo hozir uz urnini yuqotgan qobiliyat egasi