
Rangnik “Manchester Yunayted” hujumiga raqib futbolchisini olib keladi
“Manchester Yunayted”ni qabul qilib olgan Ralf Rangnik ishni tarkibni qayta shakllantirishda boshlamoqchi.
Avvalroq, germaniyalik mutaxassis Krishtianu Ronaldudan boshlab, bir necha yulduzlar bilan xayrlashishi haqida xabar qilingan edi.
Sport Bild nashri Rangnik manchesterliklarning hujum chizig‘iga birinchi navbatda “Chelsi”dan Timo Vernerni olib kelishni rejalashtirmoqda. Yangi murabbiy o‘z hamyurtini yanvar oyidayoq qo‘lga kiritmoqchi.
Timo Vernerning o‘zi ham “Chelsi”dagi ahvolidan norozi va jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas. Shuningdek, Rlf Rangnik yozgi transferlar mavsumida sobiq shogirdi Erling Xolandni Manchesterga kelishga ko‘ndirishi talab qilinmoqda.
Fikrlar