
Rakitich: "Messi bu sovrinni hech qachon qo‘lga kirita olmaydi"
Rakitich Messi haqida hazillashib, argentinalik hech qachon yuta olmaydigan sovrin nomini aytdi
Xorvatiya terma jamoasi va "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda esa "Hayduk" futbolchisi Ivan Rakitich mashhur argentinalik hujumchi, hozirda "Inter Mayami"da o‘ynayotgan Lionel Messiga qilgan hazili haqida gapirdi.
- Men Messi bilan gaplashdim va aytdim: Sen hamma narsani yutding, lekin men sen umuman erisha olmaydigan sovrinni qo‘lga kiritdim. Sen hech qachon Evropa Ligasida g‘alaba qozona olmaysan, - deya Rakitich so‘zlarini keltiradi "Barca Universal"
Eslatib o‘tamiz, Messi 2005 yildan 2021 yilgacha "Barselona" jamoasida to‘p tepgan. Bu davrda u barcha turnirlarda 778 ta uchrashuvda qatnashib, 672 ta gol va 303 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 2023 yilning yozida Messi PSJni tark etdi va "Inter Mayami"ga erkin agent sifatida qo‘shildi.
Fikrlar