
Rahmonaliev "Rubin"ni tark etdi
Umarali Rahmonaliev "Rubin"ni ijara asosida tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, legionerimiz 2025 yil oxirigacha Ozarbayjonning "Sabah" klubiga o‘tmoqda.
Mazkur klub hozirda mahalliy ligada 6-pog‘onada bormoqda.
Ma’lumot uchun, Rahmonaliev 2022 yilning dekabrida "Rubin"ga ko‘chib o‘tgan va jamoa safida 27 o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar