
Rafinya Saudiya Arabistoni taklifiga munosabat bildirdi
"Barselona"ning braziliyalik hujumchisi Rafinya Saudiya Arabistonidan olingan taklif haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
"Kecha kimdir menga Saudiya Arabistonidan taklif bo‘lganligi haqida yangilik yubordi. Rostini aytsam, o‘tgan yili bu taklifni qabul qilgan bo‘lardim. O‘sha paytda ruhiy tomondan qiyin ahvolda edim va o‘sha pul oilamning hayotini o‘zgartirgan bo‘lardi. Ammo hozirgi paytda pul meni qiziqtirmayapti", — deya Rafinyaaning so‘zlarini keltirdi "Barca Universal".
Joriy mavsumda 28 yoshli futbolchi 50 ta o‘yinda maydonga tushib 30 ta gol va 23 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar