Rafinya: "Barselona"ni o‘zimsiz tasavvur qila olmayman"

  • 11 may, 14:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi futbolchisi Rafinya jamoada o‘z o‘rnini mustahkam deb biladi va faoliyatini aynan shu erda davom ettirishni istaydi.

Tecno

"Barselona"dagi faoliyati haqida:

"Futbolda erishiladigan eng yuqori pog‘onalarni "Barselona"siz tasavvur qilish – mantiqiy emas. Rostini aytsam, bu erda o‘ynash men uchun haqiqiy orzudir. Bunday imkoniyatni hatto tushlarimda ham kutmaganman».

Kelajagi haqida:

"Men "Barselona"ni o‘zimsiz tasavvur qilolmayman. Keyingisi nima bo‘ladi? Shartnomamni uzaytirish".

Kapitanlik bog‘ichi haqida:

"Murabbiy menga kapitanlik bog‘ichi berilishini aytganida juda hayajonlandim – men buni kutmagan edim. Endi esa faoliyatim davomida o‘rgangan narsalarimni Lamin Yamalga yordam sifatida berishga harakat qilyapman".

Eslatib o‘tamiz, Rafinyaning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!