
Qozog‘iston chempionati. "Tobol" safarda "Qayrat"ni mag‘lub etdi. Sergeevdan dubl (video)
Qozog‘iston Premer ligasi 18-turi doirasidagi "Qayrat" - "Tobol" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va gollarga boy bo‘lgan bellashuvda kostanayliklar safardan 3 ochko bilan ortga qaytdi. Uchrashuv mehmonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
E’tiborli tomoni shundaki, "Tobol" safida harakat qiladigan legionerimiz Igor Sergeev bahsni to‘liq o‘tkazdi va dubl muallifiga aylandi. Terma jamoamiz a’zosi o‘yinning 26-daqiqasida raqib himoyachilarining qo‘pol xatosidan keyin hisobni ochgan bo‘lsa, 77-daqiqada esa o‘zining ikkinchi golini nishonladi.
Shu tariqa, Milan Milanovich shogirdlari 18-turdan keyin 32 ochko to‘plab, turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. "Qayrat" esa 27 ochko bilan 5-pog‘onani band etgan.
"Qayrat" – "Tobol" – 2:3
Gollar: Artur Shushenachev 53, Guljigit Aliqulov 90 (penalti) – Igor Sergeev 26, 77, Aybar Jaksilikov 42
Fikrlar