
Qoyile! MYu Ten Xag bilan shartnomani uzaytirdi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiy Erik Ten Xaag bilan amaldagi shartnoma muddati uzaytirdi.
Yangi kelishuv 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. Ser Jimmi Retklif boshchiligidagi rahbariyat mavsum so‘ngida Angliya kubogi qo‘lga kiritilganidan so‘ng shunday qarorga kelgan.
Avvalroq, niderlandiyalik mutaxassis yozda "qizil iblislar" safini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar chiqayotgandi. U boshchiligida MYu 60 ochko bilan sakkizinchi pog‘onani band etgandi.
Fikrlar