
"Qo‘qon-1912" yosh yulduz bilan shartnoma tuzdi. Mutaxassislar uni kelajakdagi "Messi" deya ta’riflashmoqda
“Qo‘qon-1912” matbuot xizmatining xabariga qaraganda, jamoa kelajakda o‘zbek futbolining yorqin yulduziga aylanishi kutilayotgan yosh iqtidor egasi bilan shartnoma imzoladi.
Komilov Murodjon 2005 yilda tug‘ilgan. Farg‘ona futbol maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, so‘nggi ikki yilda Chig‘atoy futbol maktabida futbol sir-asrorlarni o‘rganib kelayotgandi.
Murodjon 2005 yilda tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasida so‘nggi yillarda o‘tkazilgan Respublika birinchiliklarining eng yaxshi hujumchisi bo‘lib kelmoqda. O‘zining yorqin o‘yinlari bilan mutaxassislar e’tiboriga tushgan yosh hujumchi O‘zbekiston U-15 terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.
Mamlakatimizning etakchi jamoalari yosh iqtidor egasini o‘z safida ko‘rishni hohlashgan edi. Respublikamizning ko‘zga ko‘ringan futbol mutaxassislari Murodjon Komilovga O‘zbekistonning kelajakdagi “Messi”si deb baho berishmoqda. “Qo‘qon-1912” jamoasi Murodjon Komilov bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzoladi.
Fikrlar