
"Qo‘qon-1912" yig‘iniga bir necha yangi futbolchi qo‘shilishi kutilmoqda
“Qo‘qon-1912” jamoasining 2022 yildagi rejasidan o‘rin olgan dastlabki o‘quv-yig‘ini o‘z yakuniga etdi.
“Shunqorlar” 4 yanvardan bugunga qadar Qo‘qon shahrida o‘z mashg‘ulotlarini olib bordi. Navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari Toshkent shahrida olib boriladi. Futbolchilar ertadan poytaxtda to‘planadi va mashg‘ulotlarga kirishadi.
Baxtiyor Ashurmatov rahbarligidagi murabbiylar shtabi selektsiya ishlarini ham davom ettirmoqda. Jamoaning Toshkentdagi yig‘iniga bir nechta yangi futbolchilarning qo‘shilishi kutilyapti. Murabbiylarning rejalariga ko‘ra, poytaxtdagi yig‘in mobaynida Superliga jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish ham o‘rin olgan.
Hozircha 15 yanvar kuni “Bunyodkor” jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi aniq bo‘lgan. Toshkent yig‘ini 23 yanvarga qadar davom etadi.
"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati
Fikrlar