"Qo‘qon-1912" yana 4 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi

  • 6 fevral, 2022, 12:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan "Qo‘qon-1912" jamoasi bir qator yangi futbolchilar bilan rasmiy shartnomalarni imzoladi.

Tecno

Dilshod Rahmatullaev, Shahzodbek Nurmatov, Quvondiq Ro‘ziev hamda Jamshid Xasanovlar yangi mavsumni "shunqorlar" tarkibida o‘tkazishadi.  Bu futbolchilar bilan 2022 yilning so‘nggiga qadar muddatga ega bo‘lgan shartnomlar imzolandi.

Bungacha "Qo‘qon-1912" jamoasi Bilolxon Toshmirzaev, San’at Shixovlar bilan shartnomlar imzolangani haqida xabar bergan edik. Shuningdek jamoaning serbiyalik legionerlari - Ivan Yosovich hamda Slavko Lukichlar bilan tuzilgan shartnomlar muddati uzaytirilganligidan ham xabaringiz bor.  Yaqin kunlarda "Qo‘qon-1912" jamoasi o‘z futbolchilarini PFL ro‘yxatidan o‘tkazadi.

"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!