
"Qo‘qon-1912" vitse-prezidenti "Surxon"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
"O‘yin juda yaxshi bo‘ldi. Har ikki jamoa uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rganlarini maydonda isbotlashdi. Futbolchilar maydonga faqat g‘alaba uchun tushishgani yaqqol sezilib turdi. Biz ushbu bahsga katta ishtiyoq bilan tayyorlangandik. Afsuski, alamli mag‘lubiyatga uchradik. Shunday bo‘lsa-da, futbolchilarimizga bugungi o‘yinlari uchun rahmat aytamiz. Ular bugun borlarini berib harakat qilishdi.
Penalti borasida aytadigan bo‘lsam, hakamlar ishini nazorat qilib boradigan maxsus qo‘mita bor. Ular bugungi hakamlarning ishini ko‘rib chiqib o‘zlari kerakli xulosani chiqarishadi, deb o‘ylayman", - deb Nining so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.
Fikrlar