
"Qo‘qon-1912" va "Bunyodkor" tarixda hech qachon bunday natija qayd etmagan edi (video)
Bugun Superligada 4-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Jumladan, shu kuni “Qo‘qon-1912” o‘z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qildi.
Qo‘qondagi bellashuvda hisob ochilmadi va o‘yin 0:0 hisobida nursiz durang bilan yakunlandi. E’tiborlisi, ushbu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlarida shu paytgacha biror marta durang natija qayd etilmagan edi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar