"Qo‘qon-1912" Toshkentda mashg‘ulotlarni boshladi

  • 8 fevral, 2023, 21:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qo‘qon-1912" jamoasi Toshkentdagi o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini boshlab yubordi. Jamoa "Chig‘atoy" maydonida mashg‘ulot olib bordi.

Tecno

Qo‘qonliklar safida bir qator o‘zgarishlar bor. "Hokim kubogi"da "shunqorlar" safida harakat qilgan bir qator futbolchilarga javob berib yuborilgan. Ularning o‘rniga esa "Qo‘qon-1912" safiga Mo‘min Meliev va Nizomiddin Ziyovuddinov kabi tajribali futbolchilar kelib qo‘shildi.

Yig‘in davomida Davron Fayziev shogirdlari bir qator nazorat uchrashuvlarida maydonga tushadi. Xususan, 12 fevral kuni "Mash’al" va 15 fevral kuni "Metallurg" jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!