
"Qo‘qon-1912" mashg‘ulotlarga qaytdi
"Lokomotiv" jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng qisqa muddatli ta’tilga chiqqan "Qo‘qon-1912" jamoasining a’zolari yana mashg‘ulotlarni boshlab yuborishdi.
Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari Qo‘qon shahridagi qarorgohlarida to‘planishdi hamda "markaziy" stadionida tayyorgarlikni olib borishdi. Mashg‘ulotlar kuni kecha tug‘ilgan kunini nishonlagan Aleksandr Merzlyakovni tabriklash bilan boshlandi hamda asosan tiklanish mashg‘ulotlaridan iborat bo‘ldi. Futbolchilar yuqori kayfiyatda ishtirok etishdi. Jamoadagi ichki muhitning a’lo darajada ekanligi ko‘rinib turdi.
"Shunqorlar" Superliganing 24-tur uchrashuvini safarda "Nasaf" jamoasiga qarshi o‘tkazishlari lozim edi. 7 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi lozim bo‘lgan mazkur bahs "ajdarlar"ning OFK Kubogi finalida o‘ynashlari sababli qoldirilgan. Hozircha PFL bu uchrashuvning qachon bo‘lib o‘tishini belgilab bergani yo‘q.
Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.
Fikrlar