"Qo‘qon-1912" futbolchisi Evropaga yo‘l olishi mumkin
"Qo‘qon-1912" yarim himoyachisi Oybek Rustamov faoliyatni xorijda davom ettirishga yaqin turibdi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, futbolchini Estoniyaning "Nimme Kalyu" jamoasi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Klub prezidentining shaxsan o‘zi havbekka qiziqish bildirmoqda va shartnoma ham taklif qilgan.
Oybek ayni damda erkin agent maqomida. Sport formasini a’lo darajada saqlab qolish uchun u "Qo‘qon-1912" mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.



Fikrlar